Klublar tahlilchilarini rivojlantirish uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi

01.06.2025PFL

Klublar tahlilchilarini rivojlantirish uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 29-31-may sanalarida Superliga va Proliga klublari, shuningdek, bir qator mustaqil izlanuvchilar uchun Futbol tahlilchilarini rivojlantirish o‘quv-seminari tashkil etildi. 


Rossiyaning SSKA klubi seleksiya bo‘limi xodimi, futbol tahlilchiligi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Aleksey Shamin tomonidan o‘tilgan seminarda bugungi kun futbolidagi ixtisoslashgan tahlil va tahlilchilarning jamoaning rivojlanishidagi o‘rni, zamonaviy texnologiyalarning sohaga ta’siri hamda ulardan unumli foydalanish usullari haqida qatnashchilarga zarur bilim va ko‘nikmalar berildi. 


O‘zbekiston Professional futbol ligasi va Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi tez orada ushbu seminar yakuniga ko‘ra unda faol ishtirok etgan tahlilchilarga maxsus sertifikat taqdim etadi. Ushbu sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5887-sonli Farmoni va OFKning yangilangan litsenziyalash talablarini bajarishda asos vazifasini o‘taydi hamda kelgusi litsenziyalash mavsumida Professional klublardan mana shu darajadagi sertifikatga ega tahlilchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar