Klublar tahlilchilarini rivojlantirish uchun o‘quv-seminar sanasi va ishtirokchilar ro‘yxati ma’lum
23.05.2025PFL

Joriy yilning 29-may sanasidan 31-may sanasiga qadar Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida xalqaro darajadagi rossiyalik mutaxassis Shamin Aleksey Anatolуevich ishtirokida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari bilan ishlovchi tahlilchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etiladi. Unda har bir klubdan tahlilchi ishtirok etadi. Yuqorida ushbu seminarda ishtirok etuvchi klub tahlilchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Seminarning birinchi kunida ishtirokchilarga o‘z jamoasi o‘yini tahlili, ikkinchi kunida esa raqib jamoa o‘yini tahlili bo‘yicha mashg‘ulot o‘tiladi. Oxirgi kungi darslarda jamoaning o‘yinga tuzilgan rejasi tahlili bo‘yicha bilimlar beriladi. Yakunda faol tahlilchilarga FMTM tomonidan sertifikat taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, lisenziyalash talablaridan kelib chiqqan holda “Superliga va Proliga reglamenti”ning 11.9-bandida klubning Ligadan ro‘yxatdan o‘tkazishi shart bo‘lgan shtat birliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Endilikda 2026-yilgi mavsum uchun klub tarkibida ro‘yxatdan o‘tayotgan tahlilchida yuqorida qayd etilgan sertifikat bo‘lishi talab etiladi.