Buxorodagi stadion tayyor bo‘lguniga qadar Buxoro uy uchrashuvlarini Toshkentda o‘tkazadi

09.01.2025Superliga

Buxorodagi stadion tayyor bo‘lguniga qadar Buxoro uy uchrashuvlarini Toshkentda o‘tkazadi

Avvalroq Superliganing 4 ta klubi yangi mavsumni qaysi arenada o‘tkazishi noaniq ekanligi haqida xabar berilgan bo‘lib, ular orasida Buxoro ham bor ekani ochiqlangandi. 


Bugun — 9-yanvar kuni Buxoro klubi Toshkentdagi Jar stadioni bilan kelishuvga erishdi va uch tomonlama tuzilgan shartnomani Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Shuningdek, Paxtakor klubi ham o‘z arenasi tayyor bo‘lguniga qadar uy uchrashuvlarini Jar stadionida o‘tkazishi aytilgandi. 


Buxoro shahridagi stadion Superliga talabi darajasiga qachon tayyor bo‘lsa, Liga uni qabul qilish uchun o‘z mutaxassislarini yuboradi. Stadion qabul qilinganidan keyingina mazkur arenada rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun ruxsat etiladi.

Buxorodagi stadion tayyor bo‘lguniga qadar Buxoro uy uchrashuvlarini Toshkentda o‘tkazadi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda