
2024-yilgi mavsumda bo‘lgani kabi Paxtakor o‘z raqiblarini Jar stadionida qabul qiladi.
Avvalroq klub prezidenti OAV bilan uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, unda Paxtakor stadioni maydonini ta’mirlash masalasiga to‘xtalib o‘tgandi. Maydonning drenaj va sug‘orish tizimi, chimi, shuningdek, projektorlar va muxlislar joy oladigan sektorlar ta’mirdan chiqarilgach, Liga Paxtakor stadionini qayta qabul qilish ishlarini boshlaydi. Unga qadar esa klub o‘z uy uchrashuvlarini Jar’da o‘tkazib turadi.