Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo‘lingan holda kurash olib boradi

26.03.2026Birinchi liga

Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo‘lingan holda kurash olib boradi

O‘tgan mavsumda ham Liga musobaqa uchun shu formatdan foydalangandi. Farqli jihati, undan qatnashchilar soni 30 tani tashkil qilgandi. Joriy mavsum jamoalar sonidagi o‘zgarish sabablari mana shu havolada bayon qilingan. 


Geografik jihatdan Gʻarbiy mintaqa nisbatan kattaroq ekanligidan kelib chiqib, unda 9 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Hozircha mazkur mintaqada to‘p tepadigan yetti jamoaning nomi ma’lum. Yana ikki ishtirokchi nomiga qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Mazkur ikki jamoa Samarqand viloyatidan bo‘ladi. 



Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo‘lingan holda kurash olib boradi

Markaziy mintaqada o‘ynaydigan to‘rt jamoa aniq. Beshinchi jamoa Samarqand viloyatidan bo‘ladi. Shuningdek, Toshkent shahrining yana besh jamoasi qur’a natijasidan kelib chiqib, mazkur mintaqadan joy oladi. 


Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo‘lingan holda kurash olib boradi

Sharqiy mintaqada to‘p tepuvchi yetti jamoa bor. Qolgan uch ishtirokchi Toshkent shahridan bo‘ladi.


Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo‘lingan holda kurash olib boradi

Ertaga — 27-mart kuni soat 11:00 da qur’a yordamida mintaqalar to‘liq shakllantirilishi rejalashtirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek va quyidagi suratda ko‘ringanidek, Toshkentning sakkiz hamda Samarqandning uch jamoasi qaysi mintaqada ishtirok etishiga aniqlik kiritiladi. Mazkur jarayon 5 daqiqadan uzoq davom etmaydi. 

Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo‘lingan holda kurash olib boradi

31-mart sanasida esa Birinchi liganing 2026-yilgi mavsumi taqvimiga qur’a tashlanadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar