Maksim Shatskix: Superkubokni qo‘lga kiritish uchun bor salohiyatimizni ishga solamiz

Bilasiz, ertaga Jizzax shahrida “Paxtakor” hamda “Nasaf” jamoalari O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘zaro bahs olib boradi. Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning birinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi Maksim Shatskix hamda Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

Shatskix: Ertaga o‘yin qiziq bo‘lishi aniq. Biz chiroyliroq futbol o‘ynash uchun bor salohiyatimizni ishga solamiz. Umid qilamanki, o‘yin muxlislarga yoqadi. Muxlislarni stadionda kutib qolamiz va biz maydonda chiroyli futbol namoyish etamiz. Natijani esa o‘yindan keyin bilib olamiz.

Har bir sovrin futbolchi va murabbiylar uchun juda muhim. Sovrin tarixda qoladi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ertaga Superkubok finali va ushbu sovrinni hech kim raqibga berib yuborishni xohlamaydi. Ertaga sifatli o‘yin va o‘zimiz istagan natijaga erishamiz degan umiddaman.

O‘z rejamni aytib qo‘yishim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Tarkibni o‘yindan avval aniqlayman. Chempionat va kubok bahslarini solishtirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Chempionat uzoq vaqt davom etadigan musobaqa, kubok bahslari esa xatoni kechirmaydi va bor-yo‘g‘i bir o‘yin o‘tkaziladi. O‘yinga tayyorgarlik ham boshqacha bo‘ladi. Ertaga “Paxtakor” namoyish etadigan o‘yin bir hafta oldingi o‘yindan farq qiladi.


Hamrobekov: Ertangi uchrashuv o‘z nomiga mos. Finallarda xatolar kechirilmaydi. Jamoa bilan ertangi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va ertangi uchrashuvga tayyormiz.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi Superkubok bahsi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 19:30 da start oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb