Superkubok chiptalari sotuvga chiqdi

24-avgust kuni Jizzax shahrida mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” hamda O‘zbekiston kubogi sohibi “Nasaf” o‘rtasida Superkubok o‘yini bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 19:30 da start olishi rejalashtirilgan. 

Mazkur bellashuv chiptalari bugun — 17-avgustdan boshlab sotuvga chiqdi. Chiptalarni iTicket.uz sayti orqali elektron xarid qilish imkoniyati mavjud. Qayd etish kerak, “So‘g‘diyona” stadioni 11 ming ishqiboz uchun mo‘ljallangan. 

Superkubok o‘yinida “Paxtakor” nominal mezbon hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, stadionning 3A sektoridan “Paxtakor” fan-klubi joy olishi rejalashtirilgan. “Nasaf” fan-klubi vakillari esa 4A sektoridan foydalanishi ko‘zla tutilgan. Mazkur sektor chiptalari Liga tomonidan har ikki klub uchun taqdim etiladi. O‘z navbatida “Paxtakor” futbol klubi muxlislari mazkur maqolada keltirilgan surat bo‘yicha 3A sektoridan chap tarafga tomon, “Nasaf” ishqibozlari esa 4A sektoridan o‘ng tomonga qarab chiptalar xarid qilishi tavsiya etiladi. 

Chiptalar uchrashuv startiga qadar elektron sotuvda bo‘ladi. 23-24-avgust kunlari esa chiptani “So‘g‘diyona” stadioni kassalari orqali ham harid qilish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb