“Paxtakor” Sadriddin Abdullaev, Marat Bikmaev, Doston Hamdamov va Sanjar Quvvatovni OChL-2019 uchun ro`yxatdan o`tkazdi

Bilasiz, O`zbekiston vitse-chempioni “Paxtakor” OChL-2019 saralashi ikkinchi o`tish bosqichi doirasida 12 fevral kuni o`z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bahslari ancha erta boshlangani boisdan ayni kunlarda AGMK va “Paxtakor” saralash bahslarida qatnashuvchi o`yinchilarini rasmiy ro`yxatdan o`tkazish jarayonini boshladi. Bugun “Paxtakor” jamoasi yangi mavsum oldidan o`z safiga qo`shib olgan yana bir qator o`yinchilarini ro`yxatdan o`tkazish uchun ariza topshirdi.

Xususan, o`tgan mavsumni “Lokomotiv” tarkibida o`tkazgan Marat Bikmaev hamda Sadriddin Abdullaev “Paxtakor” a`zosiga aylanishdi. Shuningdek, Doston Hamdamov va Sanjar Quvvatov ham “sherlar” a`zolari sifatida ro`yxatga olindi. 

“Paxtakor” rasmiylari har to`rtala futbolchi bilan ham tuzilgan shartnomalarni taqdim qildi. PFL endilikda mazkur o`yinchilar ro`yxatini Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida qatnashishi uchun OFKga taqdim qiladi. 

mib
cola
apex
bmb