“Real Madrid Foundation Clinic” murabbiylari Termiz shahriga tashrif buyurishdi

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O`FA o`rtasida tuzilgan kelishuvga asosan, joriy yilning iyun oyida Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelar “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo`yicha yurtimizga tashrif buyurishgan edi.

Yo`lga qo`yilgan hamkorlik doirasida “Real Madrid” murabbiylari ayni paytda Termiz shahriga tashrif buyurdilar. Xaver Vara va Ektor Visentelar 12-13 noyabr kunlari Termiz shahrida “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi bo`yicha o`zbekistonlik yosh futbolchilarga tajriba mashg`ulotlarini olib bormoqdalar. 

Kuni kecha yurtimizga etib kelgan ushbu mutaxassislar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida ham akademiya falsafasini shakllantirish bo`yicha amaliy dars va mashg`ulotlar o`tkazishadi.

mib
cola
apex
bmb