Davron Fayziev: PFLning La liga bilan yaqindan hamkorlik qilishi milliy futbolimiz rivoji uchun juda foydali

28 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda yurtimizda birinchi marta “Ommaviy El Klasiko” tomoshasi bo`lib o`tdi. Unda La liga elchisi Luis Garsiya ham ishtirok etdi. Katta shou-kontsert tarzida o`tkazilgan tadbirni yurtimizning mashxur sharxlovchilaridan biri Davron Fayziev olib bordi.

UzReportTV sharxlovchisi Professional futbol ligasi hamda La liga hamkorligi doirasida o`tkazilgan mazkur tadbir to`g`risidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi: 

- La ligada ishtirok etuvchi jamoalar – dunyodagi eng etakchi klublar qatoriga kirishi sir emas. O`zbekiston Professional futbol ligasining jahondagi eng kuchli ligalardan biri – La liga bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani milliy futbolimiz rivoji uchun xizmat qilishi tayin. Kecha muxlislar Luis Garsiya bilan birgalikda o`zbek futbolining yaqin o`tmishdagi yulduzlari maydonda to`p tepishiga ham guvoh bo`lishdi. Afsuski, TVda “El Klasiko”ni sharxlab borishim lozim bo`lgani sabab katta ekrandagi tomosha oldidan o`tkazilgan yulduzlar ishtirokidagi ko`rgazmali o`yinda oxirigacha qatnasha olmadim. Lekin mana shunday ajoyib tadbirda ishtirok etganimdan juda xursand bo`ldim. Undan yorqin xotiralar qoldi, - dedi Davron Fayziev.  

mib
cola
apex
bmb