Xais Raxmani: “La Liganing O`zbekistonda futbol akademiyasini qurish rejasi bor”

 

Kechagi tadbirlarda La Liganing Osiyo mamlakatlaridagi vakili hisoblangan Xais Raxmani ham ishtirok etdi va yaqin kelajakda La Liga bilan hamkorlik doirasida O`zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etilishi mumkinligini aytdi.

“La Liga O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlik doirasida kelajakda O`zbekistonda futbol akademiyasi tashkil qilinishini reja qilmoqda. Aytish mumkinki, hozirda bu borada muzokaralar davom etmoqda”, - deydi Rahmani.

“Ikkala mamlakat futbol rahbariyati bir qancha loyihalar ustida ishlamoqda. Bu borada hozir muzokaralar davom etmoqda. O`ylaymanki, ushbu hamkorligimiz samarali davom etadi. Futbol hozirda barchani birlashtirmoqda. Biz ham bunday hamkorlik doirasida futbol akademiyalari, turli seminarlar, futbolchi va murabbiylarning malakasini oshirish dasturlari va loyihalari ustida ishlamoqdamiz”, - dedi La Liga vakili.

mib
cola
apex
bmb