2019-2020 yillar uchun OChLda O`zbekistonga 1+2 kvota ajratildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga a`zo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan kelasi ikki mavsum davomida qit`aning klublar miqiyosidagi nufuzli musobaqalari Osiyo Chempionlar Ligasi hamda OFK kubogida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi va bu haqda 46 ta a`zo assotsiatsiyalarini xat orqali xabardor qildi.

Unga ko`ra, 2019-2020 yillarda bo`lib o`tadigan Osiyo Chempionlar Ligasida O`zbekistonga 1+2 ko`rinishida yo`llanmalar ajratildi. Xatda qayd etilishicha, mazkur yo`llanmalar OFKning 2017 yil 15 dekabrdagi tsirkulyarida belgilangani kabi OFK klublar o`rtasidagi musobaqalar reytingiga asoslandi va bunda milliy terma jamoa natijalari 10 foiz ulushni, klublarning OFK musobaqalaridagi natijalari esa 90 foiz ulushni tashkil etdi. 

OFKning klublar o`rtasidagi musobaqalar reytingi qit`a chempionlar ligasi hamda OFK kubogida mamlakatlar klublarining muvaffaqiyatli ishtirokiga qarab yangilab boriladi. 2019-2020 yillar uchun kvotalar ajratilgan dastlabki reytingda O`zbekiston 43.305 reyting ochkosi jamg`argan holda Osiyoda 9-o`rinda qayd etildi. G`arb mitaqasida BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Erondan so`ng 5-o`rin band etildi. Bu esa O`zbekiston chempionining kelasi ikki yil davomida OChL guruh bosqichiga to`g`ridan-to`g`ri yo`l olishini ta`minlaydi. O`zbekiston kubogi sohibi hamda Superligada 2-o`rinni qo`lga kiritadigan jamoalar esa OChL saralashining ikkinchi bosqichidan kurashga kirishish imkoniyatiga ega bo`lishadi. 

Ta`kidlash joizki, OFK klublar o`rtasidagi musobaqalar reytingidan kelib chiqqan holda yo`llanmalarni taqsimlab chiqdi. Qaysidir a`zo mamlakat assotsiatsiyasi klublari biror sabab bilan (masalan, litsenziyalashdan o`ta olmay) qit`a miqiyosidagi musobaqalardan chetlashtirilsa, yo`llanmalar sonida o`zgarishlar bo`lishi mumkinligi qayd etilgan. Shu sababdan OChL hamda OFK kubogi qatnashchilari yo`llanmalarining yakuniy ro`yxati dekabr oyi boshida OFK tomonidan e`lon qilinadi. 

mib
cola
apex
bmb