O`zbekiston va Qirg`izistonning "Neftchi" jamoalari o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishdi

Bugun Qirg`izistonning Jalolobod shahrida joylashgan "Qurmanbek" stadionida O`zbekiston hamda Qirg`izistonning "Neftchi" jamoalari o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. 

Tashkiliy jihatdan katta bayramga aylanib ketgan mazkur uchrashuvda farg`onaliklar o`yinning asosiy vaqtiga qo`shib berilgan daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga kichik hisobda g`alaba qozonishdi. 

 

O`rtoqlik o`yini

"Neftchi" (Qo`chqor-ota, Qirg`iziston) – "Neftchi" (Farg`ona, O`zbekiston) 0:1

Nazoratchi: Muxtor Qo`shoqov

Bosh hakam: Dmitriy Mashentsev

Qanot hakamlari: Ismoil Tolipjonov, Bahodir Qo`chqorov.

Zaxira hakami: Erlan Norboev

Gol: Abbos Maxstaliev (90+2 penalti)

"Neftchi" (Qo`chqor-ota): Davronbek Jo`raqulov,  Almaz Malikov,  Maqsud Haitov,  Sherzod Shokirov (Aktilek Qodirkulov,  66),  Alimbek Abdakimov (Timur Majidov,  73),  Alisher To`xtasinov,  Oleksandr Ignatenko,  Esenbek Uson uulu,  Eldor Moldajunusov,  Umidullo Iminov (Siymik Askarbek uulu,  44),  Otabek Haydarov. 

"Neftchi" (Farg`ona): Abdumavlon Abdujalilov,  Shukurali Po`latov,  Sunatillo Ermatov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Abbos Maxstaliev,  58),  Alisher Samatov,  Mirjamol Ne`matov,  Avaz Agaliev,  Shodiyor Xojimatov,  Xurshidbek Asqaraliev (Murod Bobojonov,  55),  Islombek Karimov. 

Ogohlantirish: Aktilek Qodirkulov (90)

 

Ta`kidlash joizki, Qirg`iziston futbol ligasi mazkur o`rtoqlik o`yinini yuqori saviyada o`tishida katta tashabbus ko`rsatdi. Ikki qo`shni mamlakat ligalari bundan buyon ham mana shunday sport tadbirlari tashkil etish, o`zaro hamfikrlik hamda tajriba almashish orqali faoliyat olib borishda davom etadi. 

mib
cola
apex
bmb