Qirg`iziston va O`zbekistonning “Neftchi” klublari o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi

Yon qo`shnilar bilan iliq munosabatlarni davom ettirish yo`lida 8 iyun kuni Qo`chqorotaning “Neftchi” klubiga qarshi Farg`onaning “Neftchi” klubi saf tortadi. O`rtoqlik uchrashuvi har ikki mamlakat Professional futbol ligalarining o`zaro kelishuvi asosida tashkil etiladi.

8 iyun kungi bellashuvga Qirg`izistonning Jalolobod shahri mezbonlik qiladi. O`yin mahalliy vaqt bilan 17:00 da start oladi. 

Sir emaski, 7 iyun kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi o`rtoqlik o`yinida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, Pepsi Superliganing 14-turi Jahon Chempionatidan keyinga qoldirilgandi. Demak, 8 iyun kungi uchrashuv “Neftchi”ning chempionatdagi ishtirokiga ta`sir qilmaydi.

mib
cola
apex
bmb