“Futbol do`stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari Azamat Abduraimov bilan uchrashdi

 

Avval xabar berganimizdek, FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori – “Gazprom” kompaniyasi o`zaro hamkorlikda “Futbol do`stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6-mavsumiga start berdi.

 

Loyihaning final tadbirlari shu yilning 8–15 iyun kunlari Moskva shahrida o`tkaziladi va unda 211ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi ikkinchi marta “Futbol do`stlik uchun” loyihasida qatnashadi. Qur`a natijasiga ko`ra, bu yil ham musobaqalarda yurtimiz sharafini yosh darvozabon himoya qiladi. 

 

Mazkur dasturning asosiy maqsadi – butun dunyo yosh avlodni sportga jalb qilish va ular orasida muhim gumanitar qadriyatlar – do`stlik, tenglik, tinchlik hamda turli millat va madaniyatlarni hurmat qilishni targ`ib qilishdan iborat.

 

Bu yilgi tanlov natijasiga ko`ra “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muslimbek Abdumanoppov o`z jamoasida darvozabon bo`ladi va yurtimiz sharafini himoya qiladi. Shuningdek, O`zbekiston nomidan loyihada yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etadi. 

 

Ijtimoiy loyiha doirasida yosh elchilar Toshkentda turli sohalarda mamlakat rivojiga hissa qo`shgan taniqli va mashhur insonlar bilan uchrashishi ko`zda tutilgan.

 

Shulardan biri bugun, 4 may kuni bo`lib o`tdi. “Futbol do`stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari O`zbekiston futbolining yorqin namoyandasi, murabbiy Azamat Abduraimov uchrashdi. Yosh elchilar suhbatdoshiga loyiha haqida ma`lumot berib, bir qancha savollar bilan murojaat qilishdi. O`z navbatida Azamat Abduraimov berilgan savollarga javob berib, futbolga kirib kelishi, yorqin xotiralari, muvaffaqiyat sirlari va albatta, futbolda do`stlikning ahamiyati haqida so`zlab berdi.

 

“Futboldagi faoliyati davomida men nafaqat sovrinlar, balki turli mamlakatlardan ko`plab do`stlar orttirdim. Ular bilan bugungi kungacha aloqada bo`lib turaman. Har xil mamlakatlarning an`ana va qadriyatlarini o`rgandim, turli sohalarda bilimimni oshirdim. Futbol – odamlarni birlashtiradi hamda maydon va uning tashqarisida qobiliyatlarni ko`rsatish imkonini beradi. Yosh elchilarimizga omad tilayman. Mazkur loyihada yurtimiz sharafini munosib himoya qilasizlar degan umiddaman”, – dedi Azamat Abduraimov. 

 

Bo`lajak uchrashuvlarni o`tkazishdan asosiy maqsad – do`stlik, tenglik, adolat, salomatlik, sadoqat, g`alaba va an`ana kabi qadriyatlarni targ`ib qilishdan iborat. Yosh elichlarni oldinda yanada qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.

 

 

 

 

mib
cola
apex
bmb