OChL-2018: “Nasaf” guruh o`yinlarini g`alaba bilan yakunladi

 

“Nasaf” uchun bu yilgi qit`a Chempionlar Ligasi erta yakuniga etdi. 10 ochko to`plasada, talab etilgan natijaga ega bo`lmaganligi bois qarshiliklar musobaqa finishiga uchinchi o`rin bilan etib keldi. BAAda “Al Vasl”ga qarshi kechgan o`yinda garchi mag`lubiyatga uchrayotgan bo`lsada, Sharof Muhitdinov va Bobir Abduxoliqovlarning gollari evaziga mezbonlarni mag`lub eta olgan Ro`ziqul Berdiev shogirdlarining bundan keyin bor e`tiborlarini Superliga  va Kubok o`yinlariga qaratishdan o`zga choralari qolmadi.

 

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda   Eronning “Persepolis” jamoasi o`z maydonida Qatarning Xavi sardorligidagi “Al Sadd” jamoasini 1:0 hisobida engib, 13 ochko to`plagan holda guruh g`olibi bo`ldi. “Al Sadd” esa 12 ochko bilan navbatdagi bosqich yo`llanmasini hal etdi. “Nasaf” o`n ochkoga ega bo`lgan holda uchinchi o`rin bilan kifoyalandi. Bitta ham ochko ishlay olmagan “Al Vasl” guruh autsayderiga aylandi...

 

“S” guruhi, 6-tur

“Al Vasl” (BAA) – “Nasaf” - 1:2 (1:1).

16 aprel. BAA. “Al Vasl” stadioni.

Hakamlar: Amirul Izvan Yoqub,  Yusri Bin Muhammad, Azi Bin Zaynal (barchasi Malayziyadan).

“Al Vasl”: Yusuf Abdulla, Ali Alsikitri, Abdulla Jasim, Fabio Lima,  Abdulla Al Naqbi (Antoni Sakares, 52), Fariz Xalil (Salim Juma Alazizi, 77), Muhammad Hasan (Ronaldo Mendes, 73), Hamad Al Bolushi, Ali Alansar Abdurahmon, Xalil Xamis, Ali Solih. 

 “Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 82), Bobir Abdixoliqov (Jahongir Aliev, 71), Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullaev (G`olib G`aybullaev, 70), Islom Kenjaboev, Igor Golban, Slavko Lukich, Jasur Hasanov.

 

Gollar: Fabio Lima (33) – Sh.Muhitdinov (45+2), B.Abdixoliqov (48).

Ogohlantirishlar: Ali Abdurahmon (61) – M.Karimov (55).

Nazoratchi - Xalil Al Hamdi (Saudiya Arabistoni)

 

Komissar - Park Sung Kyun (Janubiy Koreya)

mib
cola
apex
bmb