OChL: «Nasaf» Qatarda yirik hisobda engildi

 

Qarshining “Nasaf” jamoasi OChL guruh bosqichining 4-turida safarda yirik hisobda yutqazib qo`ydi. Jahonga mashhur futbolchi Xavi to`p surayotgan Qatarning “Al Sadd” klubiga qarshi maydonga tushgan qarshiliklar o`z darvozalaridan javobsiz to`rtta to`p o`tkazib  yuborishdi.

 

Ushbu jamoalarning Qarshida kechgan dastlabki o`yinida Ro`ziqul Berdiev shogirdlari ajoyib xatti-harakatlari, qolaversa muxlislarining daldasi evaziga raqiblarini mag`lub etishning uddasidan chiqqandilar, Dohada esa buning aksi bo`ldi...

 

“Al Sadd” (Qatar) – “Nasaf” - 4:0.

Doxa.  “Jassim Bin Hamad” stadioni.

Hakamlar: Ahmad Al Kaff, Abubakr Alamri,  Rashid Al Gayti (barchasi Ummondan).

“Al Sadd”: Saad Alshiyb, Pedro Migel, Hamrun Jugurta, Xavi (Hasan Al Haydos, 60), Bag`dod Bunedja, Hamid Ismoil, Abdulkarim Hasan, Bualim Xoki, Salim Ali Alxajri, Ahmad Suhayil (Yosir Abubakr, 81), Akrom Afif (Ali Asadalla, 74). 

 

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov,  Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Jahongir Aliev, 66), Slavko Lukich, Dragan Cheran (Islom Kenjaboev, 21), Jasur Hasanov (Sanjar Rashidov, 78), Umarbek Eshmurodov.

Gollar: Xavi (3), Abdulkarim Hasan (15),Bag`dod Bunedja (43), Jugurta Hamrun (70).

Ogohlantirish: J.Hasanov (45).

Nazoratchi - Viktor Kolpakov (Qirg`iziston).

Komissar - Abdulg`affor Abdulhamad (Maldiv orollari).

mib
cola
apex
bmb