OChL: “Lokomotiv” – “Al Duhayl” uchrashuvi boshlanmoqda

 

 

Yana sanoqli daqiqalardan keyin Toshkentning “Lokomotiv” stadionida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh o`yinlari 3-tur doirasida “Lokomotiv” Qatarning “Al Duhayl” klubini qabul qiladi.

O`yinni yaponiyalik hakamlar boshqarishadi. Mazkur uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo`lgan futbolchilar tarkibi ham e`lon qilindi. Demak,

 “Lokomotiv” (O`zbekiston) – “Al Duhail” (Qatar)

Hakamlar:  Kimura Xiroyuki, Ochi Shinji,  Nishixashi Isao (barchasi Yaponiyadan).

Zaxira hakami:  Banerji Pranjal (Hindiston).

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 33.Oleg Zoteev, 5.Kaxi Maxaradze, 28.Shuhrat Muhammadiev, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Sanjar Shoahmedov, 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikromjon Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 27.Sardor Rashidov, 15.Sardor Mirzaev.

“Al Duhayl”: 50.Nosir Al Yazidi, 4.Lukas Mendes, 15.Bassam Husham, 18.Sulton Al Brak, 2.Muhammad Musa, 28.Yusuf Msakni, 12.Karim Budiaf, 6.Dame Traore, 10.Nam Tae Xi, 8.Luis Junior, 9.Yusuf Al Arabi.

Uchrashuv komissari -  Dong Jeng (Xitoy)

 

Nazoratchi hakam -  Kadhum Auda Lazim Al Saidi (Iroq).

mib
cola
apex
bmb