Surxon arena texnik hududlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Liga va Surxon klubi o‘zaro kelishgan holda Termizdagi Surxon arena’da bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hamda Milliy teleradiokompaniya mutaxassislari ham ishtirok etdi. 

Ta’mirlash ishlari ma’lum bosqichga yetgani hisobga olinib, Liga talabi bo‘yicha texnik hudud qanday bo‘lishini kelishish lozim edi. Futbolchilar va hakamlar kiyim almashtirish xonalari, komissar faoliyat olib boradigan xona, OAV uchun media tribuna va matbuot anjumani zali, VIP hamda CIP sektorlar qayerda va qanday joylashishi kabi masalalar hal etildi. Zaxira o‘rindig‘i qanday ko‘rinishda bo‘lishi kelishib olindi. 

Shuningdek, VAR hamda televideniye texnikasi joy olishi lozim bo‘lgan nuqta, mazkur nuqtalar uchun zarur bo‘lgan stadion texnikasi masalasi muhokama qilindi. Kelajakda VAR mutaxassislari ishlashi uchun stadionning o‘zida alohida xona bo‘lishi belgilab olindi. Televideniye kameralari joy oladigan nuqtalar, mazkur nuqtalarga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan texnika, nuqtaning muxlislardan alohida ajratilishi va jihozlanishi masalalari kelishildi.

Sir emaski, Surxon rahbariyati VIP sektorga qarama-qarshi tribunalar ortidagi hududda ham yangi maydon barpo qilmoqda. Kelajakda mazkur maydon nafaqat mashg‘ulotlar, balki U21 jamoasi uchrashuvlariga ham mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan. Shundan kelib chiqib, tribuna ostida qo‘shimcha kiyim almashtirish va boshqa zarur xonalarni jihozlash, maydon atrofini Liga talabi darajasida o‘rab olish, texnik hudud, zaxira o‘rindiqlari masalasi va muxlislar joy olishi uchun kichik tribuna hozirlash masalalari yuzasidan kelishildi.

Liga media bo‘limi avvalroq Surxon arena’da bo‘lib, quyidagi videolavhani ulashgandi. Surxon arena mavsumning ikkinchi davrasidan boshlab ishga tushishi rejalashtirilgan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib