Ilgiz Tantashev toza o‘yin vaqti statistikasida eng yaxshi natija qayd etmoqda

Superliga’ning 2023-yilgi mavsumi uchrashuvlarida toza o‘yin vaqti qancha bo‘lgani chop etib borilmoqda. Liga hozirgacha birinchi davra bellashuvlari statistikasini to‘liq taqdim etdi. 

Birinchi davrada Ilgiz Tantashev eng ko‘p — 9 ta uchrashuvni boshqarib borgan. Bu bejiz emas albatta. Ilgiz boshqarib borgan bahslarda toza o‘yin vaqti o‘rtacha 58,07 foizni tashkil qilgan. Ya’ni, referi futbol o‘ynash uchun nisbatan ko‘proq imkoniyat taqdim etgan. Kuchli uchlikdan Sultonmurod Abdurahmonov hamda Ibrohim Ismoilov joy olgan. Ammo ular ilk davrada faqatgina 3 tadan uchrashuvda ishlagan xolos.

Asker Najafaliyev hamda Akobir Shukurullayev 7 tadan bellashuvda ishlagan. Har ikki referida toza o‘yin vaqti 52,5 foiz teng. Ular mos ravishda 10 talikka kirdi. 

Rustam Lutfullin, Ahrol Risqullayev, Husan Muzaffarov kabi referilar ishlagan uchrashuvlarda foiz 50 ga ham yetmagan. 

Toza o‘yin vaqti masalasi faqatgina referilar mehnatiga bog‘liq emas. Ko‘p holatlarda futbolchilar bilan bog‘liq masalalar katta sahnaga chiqadi. Biroq bunda hakamning uchrashuvga yondashuvi ham katta ahamiyat kasb etishi sir emas. Ishonamizki, 2024-yilgi mavsumda referilarimiz sog‘lom futbol yo‘lida yanada ko‘proq mehnat qiladi. 

Quyida barcha eng kamida 3 ta o‘yinda ishlagan bosh hakamlarning Superliga-2023 birinchi davrasidagi statistikasi keltirib o‘tilgan:

Ilgiz Tantashev — 9 o‘yin (58,07 foiz)
Sultonmurodov Abdurahmonov — 3 o‘yin (55,4)
Ibrohim Ismoilov — 3 o‘yin (55)
Vadim Agishev — 5 o‘yin (54,78)
Gʻayrat Jo‘rayev — 3 o‘yin (53,1)
Temur To‘xtasinov — 6 o‘yin (52,9)
Asker Najafaliyev — 7 o‘yin (52,5)
Akobir Shukurullayev — 7 o‘yin (52,5)
Firdavs Norsafarov — 6 o‘yin (52,2)
Rahimbek Karimov — 6 o‘yin (51,7)
Abdurashid Xudoyberganov — 4 o‘yin (51,3)
Aziz Asimov — 4 o‘yin (50,05)
Rustam Lutfullin — 5 o‘yin (49,6)
Ahrol Risqullayev — 4 o‘yin (47,5).

Ps: Ushbu statistikaga Superliga-2023‘ning minimum 3 ta bahsida ishlagan hakamlar kiritilgan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib