Maksim Shatskix: Bugungi bahs o‘rtoqlik o‘yini singari edi

Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan Paxtakor – Bunyodkor (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu biz uchun o‘rtoqlik o‘yini kabi edi. Chempionlikni hal qilib bo‘lganmiz. Shu sababli o‘yindan ma’no yo‘q edi.

Chempionlikni hal qilgan taqdirda maydonda boshqa futbolchilar va boshqa o‘yin bo‘lardi. Bu aniq. Biz kam imkoniyatga ega bo‘lgan futbolchilarni ko‘rib oldik va o‘zimiz uchun ma’lumotlar oldik.

Bu mavsum ko‘p gol o‘tkazganimiz sababi himoyada juda yomon o‘ynayapmiz. Faqatgina himoyachilar aybdor emas. Hamma himoyalanadi, hamma hujum qiladi. Shunchaki juda yomon himoyalandik. Shu sababli ko‘p gol o‘tkazib yubordik. O‘tgan safargi matbuot anjumanida ham aytgandim, bu bizni xavotirga solayotgan asosiy jihat. Tabiiyki, bu borada ishlaymiz. Bunday xatolar bo‘lmasligi yoki kamroq bo‘lishi uchun ishlashda davom etishimiz kerak. Doimo nimaningdir ustida ishlash kerakligi yaxshi narsa. Mavsumlar oralig‘ida bu borada mehnat qilamiz”, – dedi Shatskix.

cola
apex
mib
mib
mib
mib