Maksim Shatskix: “Paxtakor”ga qarshi jamoalar maksimal darajada o‘ynaydilar

Coca-Cola Superliga 12-turida “Surxon”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix g‘alaba, raqiblarning jamoasiga qarshi qanday o‘ynashi, zaxira va yoshlar haqida fikr bildirdi.

“Bugun biroz katta hisobda yutishimiz uchun etarli imkoniyatlar bo‘ldi. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, deyish mumkin. Asosiysi navbatdagi uch ochko. Musobaqa jadvaliga qaramaslikka harakat qilamiz. Bizning o‘z maqsadlarimiz bor. Boshqalarga qarab ish qilmaymiz”, - dedi Shatskix.

“Surxon” yosh, tirishqoq va chaqqon jamoa. Ular birinchi taymda bizdan ancha tezroq o‘ynashdi. Ikkinchi taymda esa, biz ulardan yaxshiroq o‘ynadik. Hozir barcha bizga qarshi maksimal kuch bilan o‘ynaydi. Hech bir g‘alaba oson bo‘lmaydi. Biz ham qiyinchilik evaziga yutayapmiz”.

“Albatta, yoshlarning o‘rni jamoamizga bilinayapti. Bugun zaxiramizda faqat U-19 terma jamoasidan futbolchilar bor. Ularni maydonga tushirib bosim ostida qolishlarini istamadim. Holmatov bilan ham shunday holat. Uni tushirib tavakkal qilishni istamadik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga kirishib ketishlari qiyin bo‘lishi mumkin. Shu bois, bugun yoshlarni zaxirada qoldirdim”

“Fayzullayevning yo‘qligi ham bilinayapti. Undagi kreativlik bizga etishmayapti. Uning jamoada qolishi yoki qolmasligi masalasi haqida fikr bildira olmayman. Ammo, aytishim mumkinki, hech kimning xohishiga teskari ish tutmaymiz”.

mib
cola
apex
bmb