Ivan Boshkovich: Sifatli va chiroyli o‘yin natijani kafolatlamaydi

Coca Cola Superligasi 12-turida o‘z maydonida “Nasaf”ga mag‘lubiyatga uchragan “So‘g‘diyona” klubi ustozi Ivan Boshkovich sifat va keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.

“Bugun tarkibida sifatli futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynadik. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, ammo vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Asosiysi natija, natija esa biz uchun salbiy. Jamoada yaxshi futbolchilar bor. O‘sish kuzatilayapti. Bu futbolchilar bilan natija qilish mumkin. Navbatdagi o‘yinlarda kamchiliklarni to‘g‘irlashga intilamiz”.

“Sifatli va chiroyli o‘yin natijani kafolatlamaydi. Boshqa jihatlar ustida ham bosh qotirishimiz kerakligini bilamiz. Keyingi o‘yinimiz kubok doirasida. Unga tayyorgarlikni boshlashimiz lozim. Bugungi o‘yinimiz tarixga aylandi va endi faqat oldinga qarab intilishimiz shart”.

mib
cola
apex
bmb