Superliga formati o‘zgarishsiz qoladi

O‘zPFL Ijroqo‘mi yig‘ilishida Superliga formati masalasi muhokama qilindi. 

Bungacha taklif etilgan yangi format liganing 7 ta klubini qanoatlantirgani va yana 7 klub unga qarshi ovoz berganini ma’lum qilgandik. Qiziq tarafi shundaki, Superligada o‘yinlar soni kam ekanligiga to‘xtalgan uch yetakchi klubning barchasi turlar sonining 26 tadan 31 taga yetkazilishiga qarshi ovoz berdi. AGMK esa aksincha, formatni qo‘llab-quvvatladi va hatto o‘yinlar sonini umumiy 36 taga etkazish taklifini berdi.  

Ovoz berishda variantlardan hech birida yaqqol ustunlik sezilmadi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi formatni eski holida qoldirish variantini ma’qul deb topdi. Demak, 2023 yilgi mavsumida ham 14 ta klub g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Barcha klub 13 ta uy va 13 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi.

mib
cola
apex
bmb