Pro liga. II bosqich sanalari ma’lum. “Turon” va “Buxoro” joy almashadi

Kecha — 12-sentyabr kuni Pro liganing yuqori beshligida kurashni davom ettiruvchi jamoalar o‘z raqiblari ketma-ketligini bilib oldi. Ayni vaqtda barcha uchrashuv sanalariga aniqlik kiritib olindi. 

Qur’aga ko‘ra, 19-turda “Turon” o‘z maydonida “Buxoro” klubini qabul qilishi kerak edi. Shuningdek, mazkur jamoalar 24-turda ham o‘zaro hisob-kitob qiladi. Rejadan kelib chiqib, O‘zPFL mazkur o‘yinlarda mezbonlar joyini almashtirdi. Boisi, shu yilning 30-oktyabr kuni Buxoro shahri O‘zbekiston Coca-cola kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiladi. Final uchrashuviga yaqin sanalarda mazkur stadionda o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Shundan kelib chiqib, birinchi navbatda yaypanliklar Buxoroga keladi va 24-turda shuning aksi kuzatiladi.

19-tur
24-sentyabr, shanba

MASH’AL — ANDIJON
25-sentyabr, yakshanba 
BUXORO — TURON


20-tur
4-oktyabr, seshanba

BUXORO — MASH’AL
5-oktyabr, chorshanba 
XORAZM — TURON


21-tur
10-oktyabr, dushanba
ANDIJON — BUXORO 
11-oktyabr, seshanba  
MASH’AL — XORAZM


22-tur
16-oktyabr, yakshanba 
XORAZM — ANDIJON
17 oktyabr, dushanba 
TURON — MASH’AL


23-tur
23-oktyabr, yakshanba

BUXORO — XORAZM
24-oktyabr, dushanba  
ANDIJON — TURON


24-tur
28-oktyabr, juma

ANDIJON — MASH’AL
29-oktyabr, shanba 
TURON — BUXORO


25-tur
5-noyabr, shanba

TURON — XORAZM
6-noyabr, yakshanba 
MASH’AL — BUXORO


26-tur
12-noyabr, shanba

BUXORO — ANDIJON
13-noyabr, yakshanba 
XORAZM — MASH’AL


27-tur
18-noyabr, juma 

ANDIJON — XORAZM
MASH’AL — TURON


28-tur
24-noyabr, payshanba 

TURON — ANDIJON
XORAZM — BUXORO

mib
uzcard
cola
apex
bmb