AGMK — “Nasaf” o‘yini bayram tadbirlari sabab qoldirildi

Coca-Cola Superliganing 3-turidan o‘rin olgan AGMK — “Nasaf” o‘yini Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi so‘roviga ko‘ra qoldirildi.

Boshqarma tomonidan yuborilgan xatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-fevraldagi “2022-yilgi Navro‘z umumhalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-134-son qarori va viloyat hokimi tomonidan 7-mart kuni tasdqilangan 1/DB-4-1406-sonli reja-dasturiga asosan, 20-21-mart kunlari Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Navro‘z” umumhalq bayramiga bag‘ishlab, viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tishi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash uchun viloyat ichki ishlar organlari va Milliy Gvardiyaning mavjud kuch va vositalari jalb qilinishini inobatga olib, Sizdan 20 va 21-mart kunlari OKMK sport majmuasi o‘yingohida o‘tkaziladigan futbol uchrashuvlarini boshqa kuni o‘tkazilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, deb yoziladi xatda.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 3-turning qolgan bellashuvlarini Navro‘z bayrami tantalariga qadar yakunlaydi. Faqatgina “Nasaf” futbol klubining OFK Chempionlar ligasida ishtirok etishi inobatga olinib, uning AGMK klubiga qarshi o‘yini 20-mart sanasiga rejalashtirilgandi. Qo‘shimchasiga, aynan shu kundan keyin FIFA kunlari start oladi va Srechko Katanets sara futbolchilarni terma jamoaga jalb qiladi.

Vaziyatdan kelib chiqib, 3-turdan o‘rin olgan mazkur uchrashuv boshqa kunda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Uchrashuv sanasiga keyinroq oydinlik kiritiladi.

 

mib
cola
apex
bmb