“Qizilqum” uy uchrashuvlarini Olmaliqda o‘tkazadi

Bugun Superliga-2022ga qur’a tashlanadi.

Qur’a mexanizmi to‘g‘risida oldinroq ma’lumot bergan edik. Hozirgina Navoiyning “Qizilqum” jamoasi O‘zPFLga xat yubordi. Unga ko‘ra, navoiyliklar ham uy stadionida maydonni yangilash ishlarini olib bormoqchi va shu boisdan yangi mavsumning ilk turlarini Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o‘tkazib turadi.

Shu tariqa, qur’a avvalida uy o‘yinlarini bir stadionda o‘tkazadigan klublar o‘zaro juftliklarga ajratib olinadi. Bu orqali bir tur doirasida mazkur jamoalarning biri safarda, ikkinchisi esa uyda o‘ynashi ta’minlanadi.

Demak, qur’a avvalida quyidagi 4 ta juftlik alohida ajratib olinadi: “Paxtakor” va “Olimpik”, “Dinamo” va “Surxon”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912”, “Qizilqum” va AGMK. 

mib
cola
apex
bmb