“Nasaf” va “Sevinch” klublari birlashtirilishi rejalashtirilmoqda

2021-yilda ayollar o‘rtasidagi mamlakat chempionati Oliy ligasida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Qarshining “Sevinch” jamoasidan tashqari barcha jamoa Superliga klublari qoshida tashkil etilganligi bois Professional maqomga ega bo‘ldi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2012-yil 18-dekabridagi 293-sonli Bayonnomasi asosida). 13 karra chempion, ikki marotabadan kumush va bronza medallari sohibi, o‘n karra O‘zbekiston Kubogi g‘olibi, ikki marotaba Superkubok egasi “Sevinch” 2003-yildan buyon alohida, ayollar professional futbol klubi maqomida faoliyat yuritib keldi. 2022-yilning yanvar oyida “Sevinch” jamoasini “Nasaf” PFK tarkibiga kiritish rejalashtirilgan. “Nasaf” PFKning ham, “Sevinch” klubining ham ta’sischisi “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatining erkaklar va ayollar bosh jamoalari hisoblangan “Nasaf” PFK va “Sevinch” klublarini birlashtirish ham aynan ta’sischining rejasi asosida amalga oshirilyapti.

 

mib
cola
apex
bmb