Musobaqalar o‘tkazish Reglamenti tasdiqlandi

“2022-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti” shu yilning 17-yanvar kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

Unga kiritilgan o‘zgarishlar masalasida futbol klublari 2021-yilning ikkinchi yarmidan boshlab rasman xabardor qilib kelindi. Qator masalalarda futbol klublari va mutaxassislari tomonidan berilgan takliflar o‘rganildi va ular Reglamentga kiritildi.

Reglament o‘zbek tilida, kirill va lotin alifbolarida saytga joylangan. Havolalar yordamida u bilan tanishish imkoniyati mavjud.

mib
cola
apex
bmb