Qishki transfer oynasi ochildi

Bizda qishki transfer oynasi ochildi va u 2022-yilning 26-fevral sanasiga qadar davom etadi. 

“2022-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da transfer oynasi davomida Superliga futbol klublari faqatgina 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan va klublar bu haqda ikki oy muqaddam rasman ogohlantirilgan. Bu ko‘rsatkich Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan uch klubda 15 tani tashkil qiladi. 

6-dekabrga qadar futbol klublarida istalgan miqdorda yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati mavjud edi. Bu imkoniyatdan faqatgina “Navbahor” va “Metallurg” futbol klublari foydalandi. Tez orada bu haqda ma’lum qilinadi. 

Limitdan tashqari holatda futbol klublari 2021-yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishlari yoki o‘zlarining U-18 jamoalaridan cheklanmagan miqdorda yosh iqtidorlarni asosiy jamoaga taklif etishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2000-yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan yangi shartnomalar ham limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

mib
cola
apex
bmb