“Nasaf” ishtirokidagi ikki qoldirilgan o‘yin FIFA kunlarida bo‘lib o‘tadi

OFK Kubogi finaliga qadar etib kelgan “Nasaf” futbol klubining Coca-Cola Superliga doirasidagi “Surxon” va “Qo‘qon-1912” jamoalariga qarshi uchrashuvlari boshqa sanalarga qoldirilgandi. 

O‘zPFL mavsum cho‘zilib ketishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanesga murojaat bilan chiqdi hamda FIFA kunlari vaqtida “Nasaf” ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkil etish masalasida kelishuvga erishdi. Natijada biz Superliganing so‘nggi ikki turi hamda O‘zbekiston Coca-Cola kubogi doirasidagi qolgan uchrashuvlarni o‘z vaqtida tashkil etish arafasidamiz. Yuqoridagi ikki qoldirilgan uchrashuv FIFA kunlarida o‘tmasa, so‘nggi tur bellashuvlari bir vaqtda bo‘lib o‘tishi shartligidan kelib chiqib, mavsumni yakunlash yanada cho‘zilib ketishi mumkin edi. 

Demak, 19-turdan o‘rin olgan “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvi 11-noyabr kuni, 24-tur uchrashuvi bo‘lgan “Nasaf” — “Qo‘qon-1912” o‘yini esa 15-noyabr kuni o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi vaziyatni to‘g‘ri tushungani uchun milliy terma jamoa bosh murabbiyiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.  

19-tur

11-noyabr, payshanba

15:00 SURXON — NASAF


24-tur

15-noyabr, dushanba 

16:00 NASAF — QO‘QON-1912.

mib
cola
apex
bmb