U-18. 20-tur startida “Olimpik” AGMKni mag‘lub etdi

18 yoshlilar chempionatida 20-tur o‘yinlari start oldi. Yakuniga etgan “Olimpik” va AGMK jamoalari uchrashuvida toshkentliklar yirik hisobda zafar quchishdi. Qiziq tomoni, birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib turilgandi, ikkinchi bo‘limda esa olmaliqliklar mezbonlarning hujumlariga “dosh bera” olishmadi.

 

U-18 Chempionati.

20-tur uchrashuvi. 26 oktyabr, seshanba

 

OLIMPIK – AGMK – 5:0 (0:0)

Toshkent. “Jar” stadioni zaxira maydoni. 27 tomoshabin.

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Husniddin Bahodirov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Temur Telegenov (58), Javohir Qosimov (72), Usmon Ikromov (77), Farruh Kamolov (89) - Shohjahon Abdulxaev (63-o‘z darv)

Ogohlantirish: Yo‘q – Ibrohim Tohirov (27)

Chetlatish: Yo‘q – Ibrohim Tohirov (70-ikkinchi sariq), Shohjahon Abdulxaev (82).

 

mib
cola
apex
bmb