Pro liga. “Xorazm” Nukusda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Pro liganing “V” guruhida 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Sho‘rtan” jamoasi o‘z maydonida “Yangier”ni qabul qildi va yutuqqa erishdi. Vaholanki, birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra yangierliklar hisobda oldinda borishayotgandi. Nukusda maydon egalariga qarshi to‘p surgan urganchliklar yirik hisobdagi g‘alabani qayd etishdi. Mazkur g‘alaba bilan “Xorazm” muddatidan oldin o‘z guruhida peshqadam bo‘ldi. So‘ngi turda o‘z maydonida “Sho‘rtan”ga qarshi kechadigan o‘yinning natijasi hech narsani hal etmaydi.

 

Pro liga. 23-tur. “V” guruhi.

26 oktyabr, seshanba

 

ShO‘RTAN – YaNGIER – 2:1 (0:1)

G‘uzor. “G‘uzor” markaziy stadioni. 257 tomoshabin.

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Sardor Nishonboev, Otabek Qosimov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Faxriddin Alimov, 35 (0:1), Muhriddin Botirov, 65 (1:1), Asadbek Samariddinov, 85 (2:1)

“Sho‘rtan”: Amirbek Lutfullaev, Ozodbek Rajabov, Elyor Omonjonov, Javohir Hasanov (Bekzod Suvonov, 78), Bobur Mamadaminov, Islombek Baratov, Muhriddin Shamsiddinov (Asadbek Samariddinov, 78), Shaxboz Jo‘raev, Ma’ruf Jumaev (Javohir Shokirov, 46), Muhriddin Zoirov (Salohiddin Sanaqulov, 90+2), Sarvar Bo‘ronov (Muhriddin Botirov, 46)

“Yangier”: Husan Olimjonov, Bekzod Tolibjonov (Oybek Axmatov, 61), Landri Chamedjeu, Sherzod Jalolov, Jerome Etame, Shohzamon Xayrullaev (Bunyod Abdumannonov, 46), Solibek Karimov, Yodgor Nazarov (To‘lqin Ergashev, 71), Dilshod Xushbaqov (Xurshidbek Asqaraliev, 61), Dostonbek Meliqo‘ziev, Faxriddin Alimov (Muhammadqodir Rahimberganov, 76)

Ogohlantirishlar: Islombek Baratov, 27 – Bekzod Tolibjonov, 47.

 

ARAL SAMALI – XORAZM – 1:4 (0:1)

Nukus. “BO‘FM” maydoni. 250 tomoshabin.

Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Jasur Rustamov, Amal Sultonov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Timur Bekchanov, 45 (0:1), Boburbek Farhodov, 66 (0:2), Jamshid Gulmirzaev, 71-o‘z darv. (0:3), Navro‘zbek Alimov, 82 (1:3), Boburmirzo Bahodirov, 90+2 (1:4)

 “Aral Samali”: Aybek Shamshetov, Damir Nizanov (Ruslanbek Menlimuratov, 70), Miyras Karlibaev, Albert Sdikov, Islambek Seytnazarov, Arislan Yusupbaev (Navro‘zbek Alimov, 63), Jamshid Gulmirzaev, Jamshid To‘raboev (Erbol Seytnazarov, 46), Nodirjon Nurmatov, Norxon Sheripov, Sunnatilla Mamadaliev

“Xorazm”: G‘ayratjon O‘daev (Umidjon Hamroev, 79), Ravshanbek Sultonov, Jasur Otajonov (Jamshid Zaripboev, 79), Timur Bekchanov (Danila Ejov, 74), Xazratjon Tursunqulov, Diyor Ramazonov, Mirjalol Qurbonov, Boburbek Farhodov (Mahmudjon Qalandarov, 74), Abror Xusinov, Abduxoliq Qurbonov, Shaxzod Beshimov (Boburmirzo Bahodirov, 83)

Ogohlantirishlar: Islambek Seytnazarov, 43, Jamshid Gulmirzaev, 72 – Abror Xusinov, 13, Ravshanbek Sultonov, 68, Mahmudjon Qalandarov, 90.

 

mib
cola
apex
bmb