Ayollar Oliy ligasi. “Navbahor–W” 90+8 daqiqada bosh hakam xushtagisiz maydonni tark etdi

Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat chempionatining 20-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “So‘g‘diyona” “Metallurg”ni mag‘lub etgan holda peshqadamlik mavqeini saqlab qoldi. “Bunyodkor” AGMKni yirik hisobda ortda qoldirib, “So‘g‘diyona”ni izma-iz ta’qib qilishni davom ettirdi. “V” guruhida “Lokomotiv” “Nurafshon” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Turning eng shov-shuvli voqeasi “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘yinida kuzatildi.  Aslida o‘yinning hatto bosh hakam qo‘shib bergan 5 daqiqasining ettinchisida ham  1:1 hisobi qayd etilayotgan edi. Birinchi bo‘limning 37-daqiqasida mezbonlardan Madina Vohidova hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada mehmonlardan Mavluda Munavvarova hisobni tenglashtirishga erishgandi. Bosh hakam qo‘shib bergan besh daqiqa o‘tib bo‘lgach mehmonlar tomonidan ularning jarima maydoni ichida to‘p mehmon himoyachilaridan birining qo‘liga tekkan hisoblab, bosh hakam penalti belgilaydi. Shu laxzalarda namanganliklar bosh hakam qaroridan norozi bo‘lgan holda butun jamoa bo‘lib maydonni tark etishadi. Shu tariqa penalti ham tepilmadi, o‘yinni yakunlovchi bosh hakamning xushtagi ham chalinmadi. Uchrashuv qaydnomasiga esa “Paxtakor”ga texnik g‘alaba, “Navbahor”ga esa texnik mag‘lubiyat ishorasini beruvchi +:- belgisi yozildi.

 

Ayollar Oliy ligasi. 20-tur

24 oktyabr, yakshanba

 

SO‘G‘DIYoNA-W – METALLURG-W – 2:1 (1:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni. 28 tomoshabin.

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Kristina Sereda, Mohirabonu Muralieva

Nazoratchi: Isxax Ibragimov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Fuseina Mumuni (3), Maxliyo Sariqova (57) – Rushaniya Safina (77)

“So‘g‘diyona-W”: Nozima Hasanova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova (Xolida Dadaboeva, 62), Nasiba Xojieva (Yulduz Shodieva, 62), Nafisa Nabiqulova, Iroda Turdalieva, Rosacharne Periale (E’zoza Sharipova, 68), Maxliyo Sariqova, Fuseina Mumuni (Zarina Mamatkarimova, 75), Tanzilya Zarbieva, Diyora Xabibullaeva, Alberta Ahialey

“Metallurg-W”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova, Mohira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva, Ozoda Xojieva, Setora Takaboeva (Durdona Alieva, 73), Aynur Daulbaeva (Maftuna Jo‘raeva, 77), Rushaniya Safina, Ro‘zixon Asqarova (Yulduz Hamdamova, 53), Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova

Ogohlantirishlar: Nafisa nabiqulova (82) – Rushaniya Safina (32).

 

 

BUNYoDKOR-W – AGMK-W – 7:0 (6:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi. 35 tomoshabin.

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Ilvina Ablyakimova (14), Dildora Nozimova (27, 29), Saida Galimova (35), Lyudmila Karachik (36), Nozima Ergasheva (44, 77)

“Bunyodkor-W”: Olga Qahhorova (Ziyoda Irisboeva, 46), Kamola Risqieva (Marina Kosnikova, 46), Lyudmila Karachik, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (Baxtigul Toktobolotova, 84), Saida Galimova (Zuhra Berdieva, 68), Umida Zoirova (Ayjan Bo‘ronbekova, 46), Dilrabo Asadova, Yulduz Nabieva, Nozima Ergasheva, Ilvina Ablyakimova

AGMK-W: Nilufar Qurbonalieva (Ruxsora Usmonova, 32), Darina Fedosenko, Kamila Zaripova, Leyla Oraniyozova, Sevinch Qo‘chqorova, Shohida Tojiddinova, O‘g‘iloy Ilasheva, Maftuna Panjieva, Aygerim Otenazarova, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva (Leyla Rustullaeva, 46)

Ogohlantirishlar: Dilrabo Asadova (89) – yo‘q.

 

 

PAXTAKOR-W – NAVBAHOR-W - +:-

Toshkent. “Chilonzor” sun’iy maydoni. 33 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov

Komissar: Yuliya Panina

“Paxtakor-W”: Zebiniso Avliyoqulova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko (Malika Xalilova, 65), Dinara Tagirova, Madina Vohidova, Lidiya Tsema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova, Zuhra Baxriddinova, Maxzuna Abdukarimova, Ekaterina Salnikova

“Navbahor-W”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Madina Hikmatova, Zarina Xo‘jaeva, Tojiniso Rashidova, Sarvinoz Komiljonova (Muharram Abdullaeva, 85), Muqaddam Abdullaeva, Mavluda Munavvarova, Marxabo Jo‘raboeva, Shohida Ergasheva (Sohiba Meliboeva, 90+5), Gulnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova

Ogohlantirishlar: Alisa Zaxarenko (59), Ekaterina Salnikova (64) – Muqaddam Abdullaeva (58), Mavluda Munavvarova (85), Marhabo Jo‘raboeva (90+6), Hurmatoy Kamolxo‘jaeva (90+7).

Uchrashuv “Navbahor” jamoasi a’zolarining o‘yin tugamasidan butun jamoa bo‘lib maydonni tark etganligi sababli “Paxtakor”ga texnik g‘alaba, “Navbahor”ga esa texnik mag‘lubiyat yozildi.

 

LOKOMOTIV-W – NURAFShON-W – 5:0 (3:0)

Toshkent. TTYMI stadioni. 32 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Gulshoda Saidqulova, Laylo Jalolova

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Nigora Abidova.

Gollar: Kamila Yumangulova (33-pen.), Oysara Suyunova (40, 45), Zebiniso Xalimova (53, 55)

“Lokomotiv-W”: Kamila Yumangulova, Zebiniso Xalimova, Gulzoda Saidova, Fazilat Bahromova (Noila Yo‘ldosheva, 83), Jesika Kruchinina, Nodira Iskandarova, Oysara Suyunova (Dinora Xudoynazarova, 79), Jasmina Abdug‘anieva, Omadxon Sultonova, Dinora Payziqulova, Laylo Tosheva

“Nurafshon-W”: Nozigul G‘iyosova, Sohiba Seyitmirova (Ruxsora Rasulova, 85), Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Dinora Sadaqulova, Nitaya-Roj Kunnosa, Farzona Shonazarova, Sitora Pirnazarova, Shaxzoda Rashidova, Komila To‘xtasinova, Charos G‘anieva

Ogohlantirishlar: Laylo Tosheva (69) – Shaxzoda rashidova (37), Sohiba Seyitmirova (69)

 

 

 

 

 

mib
cola
apex
bmb