Coca-Cola Superliga. “Qo‘qon-1912” bir pog‘ona yuqoriga, “Lokomotiv” esa ikki pog‘ona quyiga

Coca-Cola Superliganing 23-tur doirasidagi o‘yinlar davom ettirildi. Muborakda “Mash’al” “Navbahor”ni qabul qildi. Har ikkala jamoa tomonidan bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirilganiga qaramay o‘yinda hisob ochilmadi. “Qo‘qon-1912” jamoasi “Lokomotiv”ga mezbon bo‘ldi. Maydon egalari birinchi bo‘limda hisobda oldinda borishdi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Uchrashuvning to‘rtdan bir vaqti qolganida  esa qo‘qonliklar Sardorbek Azimov goli hisobiga oldinga chiqishdi va uchrashuv oxiriga qadar shu hisobni saqlab qolishni uddalashdi. Mazkur natija mezbonlarni bir pog‘ona yuqorilashiga, mehmonlarning esa ikki pog‘ona pastlashiga xizmat qildi.

 

Coca-Cola Superliga. 23-tur

23 oktyabr, shanba

 

MASh’AL – NAVBAHOR - 0:0

Muborak. B.Vafoev nomidagi stadion. 325 tomoshabin.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Shuxrat Rajabov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Aleksandr Davidenko

"Mash’al":  Dostonbek To‘xtaboev, Zafarbek Akramov (Ibrohim No‘’monov, 64), Najmiddin Normurodov, Oybek Nurmatov (Ruslan Xojiev,  74), Samuel Chigoze, Shahzod Shaymanov (Muhammadali Aliqulov, 74), Jamoliddin Ubaydullaev, Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Muhammad Yo‘ldoshev (Qahramon Bahodirov, 74), Jahongirbek Abdusalomov (Godvin Chika Okvara, 60)

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Azimjon Ahmedov (Ilhomjon Alijonov, 89), Ivan Solovyov, Ehsoni Panshanbe, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Abbosjon G‘ulomov (Sardar Telyakov, 77), Boyan Naydenov, Zabihillo O‘rinboev (Ibrohim G‘anixonov, 66)

Ogohlantirish: Shahzod Shaymanov, 23, Zafar Akramov, 44, Godvin Chika Okvara, 90+1 - Davron Hoshimov, 65

Chetlatish: Davron Hoshimov, 90+3 (ikkinchi sariq).

 

QO‘QON-1912 – LOKOMOTIV - 2:1 (1:0)

Qo‘qon. “Markaziy” stadion. 4230 tomoshabin.

Hakamlar: Zokirjon Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Timur Galeev, Xushnud Suyunboev

Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Yakuba Bamba, 39 (1:0),  Diyorjon Turopov, 68 (1:1), Sardorbek Azimov, 75 (2:1).

"Qo‘qon-1912": Islomjon Abdullaev, Slavko Lukich,Farxodbek Bekmuratov (Mo‘minjon Meliev, 69), Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov, 73), Sardorbek Azimov, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov (Asadbek Sobirjonov, 73), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov (Bobirjon Akbarov, 52), Yakuba Bamba (Iqboljon Malikjonov, 69)

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maharadze, Temurxo‘ja Abduholiqov, Azizbek Amonov (Igor Chikrizov, 81), Sanjar Qodirqulov (Javohir Sidiqov, 81), G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Islom Rashidxonov (Sadriddin Abdullaev, 64), Shuhrat Muhammadiev, Sherzod Fayziev (Xurshidbek Muxtorov, 64), Diyorjon Turopov

Ogohlantirishlar: Farhodbek Bekmurotov, 4, Muhammadanas Hasanov, 36, Ivan Yosovich, 40, Iqboljon Malikjonov, 90+1 – Sadriddin Abdullaev, 90+1.

 

 

 

 

 

 

 

 

mib
cola
apex
bmb