Coca-Cola Superliga. “Surxon” vaqtincha bo‘lsada “xavfli hududni” tark etdi

Coca-Cola Superligasining 23-tur doirasidagi o‘yinlar davom ettirildi. Sanoqli daqiqalar oldin yakuniga etgan “Surxon” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda maydon egalari Jasur Xolto‘raevning goli evaziga g‘alaba qozonishdi.  Ligani tark etuvchi ikki jamoa nomiga besh “da’vogar” orasida “jon saqlayotgan” “Surxon” vaqtincha bo‘lsada “xavfli hudud”ni tark etdi. To‘g‘ri, “Metallurg”ni  inobatga olmaganda bu turda “Andijon” va “Mash’al” jamoalari hali maydonga tushishadi. Yana ikki soatdan keyin "Turon"ning "Bunyodkor"ga qarshi o‘yini ham yaypanliklarning taqdiriga biroz bo‘lsada oydinlik kiritishi hech gap emas. Oldinda esa kimni nimalar kutayotganini bilish mushkul ish.

 

Coca-Cola Superliga. 23-tur

22 oktyabr, juma

 

SURXON – QIZILQUM - 1:0 (0:0)

Termiz. "Surxon" stadioni. 840 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Artyom Kalinin, Alisher Usmonov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Jamshid Imamov

Gol: Jasur Xolto‘raev, 55 (1:0)

"Surxon": Rustam Nortojiev, Javohir Sohibov, Jasurbek Yoqubov, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov, Jahongir Ahmadov, Zohir Pirimov (Nizomjon Norov, 73), Jasur Xolto‘raev (Komron Saydazamov, 90+2), Husniddin G‘ofurov, O‘ral Choriev (Nuriddin Hasanov, 87), Behruz Shaydulov

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev (Mate Vatsadze, 81), Giorgi Kuxianidze, Salim Mustafoev, Jamshid Hasanov (Behruz Sadilloev, 46), Islom To‘xtaxo‘jaev, Azizbek Usmonov, Elguja Grigalashvili, Shahzod Turopov, Oleg Tolmasov

Ogohlantirishlar: Behruz Sadilloev, 70.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb