U-21. Chempion aniq, vitse-chempionlikka etti jamoa da’vogar

21 yoshlilar chempionatida 22-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. So‘nggi beshta uchrashuvdan uchtasida yirik natijalar qayd etildi. “Qizilqum” safarda “Paxtakor”dan 1:4 hisobiga engildi. Qiziq tomoni uchrashuvda navoiyliklar birinchi bo‘lib hisobni ochishgandi, ko‘p o‘tmay o‘zlari o‘z darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirishdi. Keyingi gollarga maydon egalari mualliflik qilishdi. Uchinchi o‘rindan joy olgan “Navbahor” ikkinchi o‘rindagi “Bunyodkor” bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba namanganliklarni ikkinchi pog‘onaga ko‘tardi, “Bunyodkor”ni esa beshinchi o‘ringa tushurib yubordi. Ayni paytda chempionat g‘olibi aniq – AGMK, kumush medalga bir-ikki emas, ettita jamoa da’vogralik qilyapti – “Navbahor”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mash’al”, “Turon” va “Lokomotiv”. Bitta turdagi yutuq yoki mag‘lubiyat o‘rinlarga sezilarli ta’sirini ko‘rsatmoqda.

 

U-21. 22-tur.

15 oktyabr, juma

 

PAXTAKOR – QIZILQUM – 4:1 (0:0)

Qibray. “Qibray” stadioni. 80 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Farruh Yo‘ldoshev, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Diyor Rahmatullaev, 54 (0:1), Husan Rasulov, 64-o‘z darv. (1:1), Abbosbek Fayzullaev, 66-pen. (2:1), Abbos Ergashboev, 70 (3:1), Rustam Turdimurodov, 88 (4:1)

Ogohlantirishlar: Botir Irismetov, 45 –  Jahongir Husanov, 18, Xo‘jamurod Tursunov, 23, Bobomurod Bozorov, 63

Chetlatish: Yo‘q – Jahongir Husanov, 65 (ikkinchi sariq).  

 

TURON – SURXON – 3:0 (0:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni zaxira maydoni. 84 tomoshabin.

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Muhammadali Nurmatov, Maqsad Esonjonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Rustamxon Azimov, 60 (1:0), Abduvosidxon Abdurashidov, 73 (2:0), Rustamxon Azimov, 90+1 (3:0)

Ogohlantirishlar: Otabek Ageev, 14 – Dilshod Rashidov, 29, Asadbek Xamzaev, 34.

 

SO‘G‘DIYoNA – QO‘QON-1912 – 4:0

Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni.

Hakamlar: Ilya Ilin, Xayrulla Normatov, Sultonmurod Xojiev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Muxsin Bozorov, 7 (1:0), Nurmuhammad Sayimnazarov, 29 (2:0), Nodirjon Orziqulov, 39 (3:0), Muxsin Bozorov, 64 (4:0)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Barhayotjon Saidahmadjonov, 45, Muhammadrizo Vaxobov, 90.

 

16 oktyabr, shanba

 

NAVBAHOR – BUNYoDKOR – 2:0 (1:0)

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni. 357 tomoshabin.

Hakamlar: Akmal Rahimov, Rasuljon Fozilov, Islomjon Nosirov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Ramil Ilyasov

Gollar: Taxir Rafaelov, 31 (1:0), Xusayn Ergashboev, 88 (2:0)

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Bahromov, 34, Ulug‘bek Aknazarov, 64, Jahongir Tursunov, 80 – Islom Karimov, 52.

 

LOKOMOTIV – ANDIJON – 1:1 (1:1)

Toshkent. TTYMI stadioni. 75 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Choriev, Timur Jabborov, Odil O‘rolov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Abdurahmon Komilov, 16 (0:1), Ali Abdurahmonov, 45+1 (1:1)

Ogohlantirishlar: Javohir Jo‘raev, 84 – Xojiakbar Mo‘minov, 19.

  

mib
cola
apex
bmb