U-21. Birida mezbonlar, ikkinchisida esa mehmonlar zafar quchishdi

21 yoshlilar chempionatining 22-turiga start berildi. Dastlabki kuni ikkita o‘yin o‘tkazildi. O‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qilgan “Nasaf” raqiblarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata oldi. Ikkinchi bahsda esa “Mash’al” AGMK maydonida mezbonlar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.  

 

U-21. 22-tur.

14 oktyabr, payshanba

 

NASAF – METALLURG – 3:0 (1:0)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 136 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Suxrob Sattorov, Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Shaxboz Nuriddinov, 1 (1:0), Jahongir Shermatov, 85 (2:0), Shaxzod Xushvaqtov, 90+3 (3:0)

Ogohlantirishlar: Jahongir Shermatov, 28, Alibek Davronov, 35, Jasur Jumaev, 68 – yo‘q.

 

AGMK – MASh’AL – 1:2 (0:1)

Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 59 tomoshabin.

Hakamlar:  Doston Mirzaraimov, Artem Snetkov, Sardor Hasanboev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Asadbek Jo‘raqulov, 40 (0:1), Islom Asilbekov, 61 (0:2), Jasurbek Umarov, 72-pen. (1:2)

Ogohlantirishlar: Boburbek Sobirov, 10, Ixtiyor Xolmo‘minov, 39 - Jahongirbek Abdusalomov, 36, Muxriddin Rasulov, 71.

mib
cola
apex
bmb