Futzal. Oliy liga 1-turiga mezbonlik qilayotgan Farg‘onadagi “Samo” arenasidan fotoreportaj

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumi 9-oktyabr sanasida start oldi. Yangi mavsumning ilk tur uchrashuvlariga Farg‘onadagi “Samo” sport majmuasi mezbonlik qilmoqda.

Ma’lumki, futzal uchrashuvlari so‘nggi vaqtlarda asosan Toshkent, Olmaliq va Jizzax shaharlarida o‘tkazib kelinayotgandi. O‘zPFL yurtimizda futzalni yanada ommalashtirish va futzal manzillari geografiyasini kengaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi bilan yaqindan ish olib borgan holda “Samo” sport majmuasi mamlakat chempionati bahslarini qabul qilishga tayyor holga keltirildi.

Mazkur majmua 2019-yilda qurib bitkazilgan. Ayni paytda futzal uchrashuvlari bo‘lib o‘tayotgan zal 2980 nafar muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Nafaqat milliy chempionat uchrashuvlari, balki xalqaro futzal uchrashuvlariga ham mezbonlik qilish imkoniyatiga ega “Samo” arenasida VIP, CIP kabinalar, OAV uchun maxsus media hudud, zamonaviy tablo hamda jami 6 ta kiyinish xonasi mavjud.

Quyida “Samo” sport majmuasidan fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin: 

mib
cola
apex
bmb