Ayollar futboli. U-16. “Turon” va “Sevinch” guruh peshqadamlari

Qarshidagi “Geolog” va “Mehnatchi” stadionlarida 16 yoshli qizlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati davom etyapti. “A” va “B” guruhlarida o‘zaro kuch sinashayotgan o‘nta jamoa orasida “Turon” va “Sevinch” jamoalari ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra 4 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlik qilishyapti. Ikkinchi turda “Turon” “Xorazm”ni  engan bo‘lsa, “Sevinch” ”Metallurg” ustidan yirik natija qayd etdi. “Sevinch”ning asosiy raqibi AGMK ham “Dinamo”ni yirik natija bilan mag‘lub etdi.  

 

Ayollar futboli. U-16. Qarshi shahri.

Final bosqichi. 2-tur. 11 oktyabr, dushanba

 

ANDIJON – BUNYoDKOR – 0:2 (0:1)

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Alina Almatova (30, 60+3)

Ogohlantirishlar: Baxtigul Mingboeva (18) – Meruert Rahmatullaeva (39)

Chetlatish: Farangiz Ubaydullaeva (29) – yo‘q.

 

AGMK – DINAMO – 5:0 (2:0)

Hakamlar: Artem Kalinin, Izzat Usmonov, Laziz Abduraupov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Oydinoy Turg‘unova (3, 28), Sevinch Rahmatullaeva (40, 52), Arianna Golustova (56)

Ogohlantirish: Yo‘q – Oyruza Farhodova (51).

 

XORAZM – TURON -  0:2 (0:1)

Hakamlar: Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Izzat Usmonov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Maxliyo Ravshanbekova (5-o‘z darv.) – Nigora Rahmatullaev (42)

Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.

 

METALLURG – SEVINCh – 1:6 (1:4)

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Daler Bozorov

Nazoratchi: Yo‘q

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Ruxshona Saidabbosova (30+2) – Sitora Toshtemirova (21), E’tibor Shodieva (23, 29, 33), Zarina Norboeva (30+1), Mehribon Egamberdieva (41)

Ogohlantirish: Ruxshona Saidabbosova (45) -  yo‘q.

 

mib
cola
apex
bmb