Futzal. Oliy liga. HUAXIN Jizzax AGMKni mag‘lub etdi va boshqa natijalar

Farg‘onaning “Samo” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga o‘yinlari davom etmoqda.  “Lokomotiv” uchinchi o‘yinini ham g‘alaba bilan  tugatdi. “Tnmiryo‘lchilar” “Neftchi” jamoasini mag‘lub etgan holda to‘qqiz ochko bilan turnir jadvalini boshqarib boryapti. Avvalgi ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan “Bunyodkor” bu gal “Nasaf” ustidan ustunlikka erishdi. Chempionlikni bosh maqsad qilgan “Huaxin” o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchragandi, bu turda esa kuchli AGMKni enga oldi. Bunga sabab qilib jamoaning mohir o‘yinchisi Davron Chorievning tarkibga kelib qo‘shilganini ko‘rsatish mumkin. Davron bir kun oldin baxt oqshomini nishonlagandi va aynan o‘sha kuni uning jamoadoshlari ochko yo‘qotishdi. Bundan xulosa chiqargan tajribali futzalchi  - bir kunlik kuyovbola chimildiqni tark etib, Farg‘onaga etib keldi va g‘alabaga hissasini qo‘shdi.

 

Futzal. Oliy liga

Farg‘ona. “Samo” s.m.

1-tur. Uchinchi kun. 11 oktyabr, dushanba

 

NASAF – BUNYoDKOR – 2:3 (0:2)

Gollar: Sanjarbek Elmamatov (23), Shohruh Ne’matov (40) –  Muhammadbobur Rahmonberdiev (1), Mirzohid Haydarxo‘jaev (17, 22)

Ogohlantirish: Yo‘q -  Xurshid Najimov (23).

 

LOKOMOTIV – NEFTChI – 4:3 (3:3)

Gollar: Akbar Usmonov (4, 16), Maksim Gulyaev (14), Mashrab Odilov (33) –  Diyor Karimov (7, 20), Ilhomjon Abdug‘aniev (8)

Ogohlantirishlar: Amir Sa’dullaev (35) – Rashidjon Jabborov (33), Dilmurod Yusufjonov (36).

 

AGMK – HUAXIN – 2:4 (0:2)

Gollar: Shahzodjon Sa’diev (8-o‘z darv.), Muzaffar Ahadjonov (32), Sunnatulla Jo‘raev (37) –  Ilhomjon Hamroev (14), Husniddin Nishonov (21), Dilshod Rahmatov (38).

Ogohlantirishlar: Davron Valijonov (7), Davlat Ibragimov (22), Artur Yunusov (29) – yo‘q.

 

mib
cola
apex
bmb