Ayollar futboli. U-16. To‘rt uchrashuvdan uchtasida durang

Qarshi shahrining “Geolog” va “Mehnatchi” maydonlarida 16 yoshli qizlar o‘rtasida mamlakat chempionatining final bosqich o‘yinlari start oldi. O‘nta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda kuch sinashayotgan musobaqaning dastlabki turidayoq qiziqarli natijalar qayd etildi – to‘rt uchrashuvning uchtasi durang bilan tugadi. Eng kuchlilar sifatida tilga olinadigan “Sevinch” va AGMK jamoalari  o‘rtasidagi durangni bashorat qilish mumkin edi. Sababi, har ikkala nomdagi klub qoshida bir necha yosh guruhlarda ish olib borilayotgani sir emas. “Dinamo” “Aral Samali” bilan,  “Turon” esa “Andijon” bilan ochko bo‘lishdi. Aslida “Turon” o‘yinda ustunlikka erishishi ham mumkin edi, biroq penaltini amalga oshira olishmadi. “Sho‘rtan”ning “Bunyodkor” jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishini esa kutilmagan natija sifatida aytish mumkin.

 

Ayollar futboli. U-16. Qarshi shahri.

Final bosqichi. 1-tur. 10 oktyabr, yakshanba

 

DINAMO – ARAL-SAMALI – 1:1 (0:0)

Hakamlar: Izzat Usmonov, Laziz Abdiraimov, Daler Bozorov

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Sanobar Murodova (45) – Gulruh Ozodboeva (52)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

SEVINCh – AGMK – 1:1 (1:1)

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Mehribon Egamberdieva (4) – Oydinoy Turg‘unova (17)

Ogohlantirish: Sevinch Egamberdieva (34) -  yo‘q.

 

BUNYoDKOR – ShO‘RTAN – 1:4 (0:4)

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Shaxlo Abilova

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Alina Almatova (44) –  Dinora Abdusamadova (9, 25), Gulmira Abdullaeva (19, 23)

Ogohlantirish: Alina Almatova (56) – yo‘q.

 

TURON – ANDIJON – 0:0

Hakamlar: Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova, Shaxlo Abilova

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Shohruh Said

Amalga oshirilmagan penalti: Marhabo Qosimova (42, “Turon”)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb