U-14. “Xorazm”, “Paxtakor”, “Navbahor” va “Odil-Junior” yarim finalda!

Katta shov-shuvlar bilan start olgan va davom etayotgan 14 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat chempionatining chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.  Tarkibida iqtidorli o‘smirlar ko‘pchilikni tashkil etgan andijonliklar hal qiluvchi bahsda yagona gol evaziga xorazmlik raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi. Guruh o‘yinlarida yuz foizlik natija qilgan “Nasaf” “Paxtakor” bilan o‘yinda yutqazib qo‘ydi. “Navbahor” va “Qizilqum” uchrashuvi tomoshabop, qiziqarli va murosasiz o‘tdi. Ikki bo‘lim oxirigacha tengma-teng kurashgan jamoalar bahsida bosh hakam qo‘shib bergan vaqtda omad namanganliklarga kulib boqdi. “Nurafshon” va “Odil Junior” jamoalari bahsi ham keskin xatti-harakatlarga boy bo‘ldi. Buxoroliklar ikki bor o‘yin qoidasini buzishdi va har ikkalasida ham penaltilardan jabr ko‘rishdi, so‘nggi uchinchi gol esa qo‘shimcha daqiqalarda kiritildi. Avvalgi kungi o‘yinlarda bo‘lgani kabi chorak finalda ham esda qolarli voqealar mo‘l bo‘ldi. Birinchidan, musobaqani yuqori saviyada tashkil etib berayotgan O‘zPFL har gal uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash va munosib taqdirlashni yo‘lga qo‘ydi. Birinchi turda o‘zbek futboli jurnalistikasi otaxoni Axbor Imomxo‘jaevning “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli entsiklopediya misolidagi kitobi, ikkinchi turda sifatli, qimatbaho koptoklar, uchinchi turda “aqlli soat” kabi sovrinlar bilan taqdirlanishgan yosh futbolchilar bu gal  har qanday o‘smir orzu qiluvchi sifatli butsalarga loyiq topildilar.  “Odil Junior” hujumchisi Akmal Axmatov o‘yin davomida urgan golini futbolga xavas qila boshlagan ukasiga bag‘ishlaganini, unga taqdim etilgan butsani ham ukasiga in’om qilishini yashirmadi...

Shu tariqa, tashlangan qur’aga ko‘ra, yarim finalda “Xorazm” – “Paxtakor” bilan, “Navbahor” esa ”Odil-Junior” bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. O‘yinlar ertaga “Chig‘atoy” stadionida tashkil etiladi.

 

U-14. Chempionati

Chorak final. 10 oktyabr, yakshanba. “Chig‘atoy” stadioni.

 

XORAZM – ANDIJON – 1:0 (0:0). 47 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Daler Tillaev, Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Abror Husainov (46)

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Quronboev (22), Asad Rajabboev (59) – Muhammadali Abdurashidov (58), Abdurahmon G‘aniev (66), Ozodbek Odiljonov (68).

 

NASAF – PAXTAKOR – 1:4 (1:2). 67 tomoshabin.

Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Daler Tillaev, Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Shohjahon Eshboev (27), Ozod Najmiddinov (70+2-o‘z darv.) – Quvonish Saydaliev (3, 31), Farruh Agaev (39-pen.)

Ogohlantirishlar: Muslim Hasanov (46), Karen Danelyan (46), Shohjahon Eshboev (48) – Jahongir Baxtiyorov (25), Feruz Olimov (46), Shohjahon Yunusov (56), Farruh Agaev (59)

Chetlatish: Muslim Hasanov (70-ikkinchi sariq) – yo‘q.

 

NAVBAHOR – QIZILQUM – 1:0 (0:0). 35 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Husniddin Bahodirov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Abdulloh Jamolov (70+1)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Nuriddinjon Ergashev (36), Asliddin Ibotov (38), Bexruz Ismoilov (42).

 

NURAFShON – ODIL JUNIOR – 0:3 (0:0)

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Husniddin Bahodirov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Akmal Axmatov (51-pen., 58-pen.), Mo‘minjon Bahodirxonov (70+2)

Ogohlantirishlar: Amarxabib Avezov (63) – Abdulloh Muhiddinov (64).

 

mib
cola
apex
bmb