U-18. “Mash’al” so‘ngi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

18 yoshlilar chempionatining 18-tur doirasidagi yana ikkita o‘yin o‘tkazildi. “Bunyodkor” jamoasini qabul qilgan “Nurafshon” uchrashuvning oxirlarida raqiblar darvozasiga gol urib, yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.  “Mash’al” esa o‘z maydonida “Dinamo” jamoasidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi soniyalarida gol o‘tkazib yuborib, uch ochkoli imkoniyatni bir ochkoga aylantirishga majbur bo‘ldi. Vaholanki, maydon egalari hattoki ikkita gol farqi bilan hisobda oldinda borishayotgandi.

 

U-18 Chempionati.

18-tur uchrashuvi. 10 oktyabr, yakshanba

 

NURAFShON – BUNYoDKOR – 1:3 (0:3)

Buxoro. “Umid” s.m. maydoni. 31 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Rahmatov, Umidjon Lutfulloev, Habibjon Qodirov

Nazoratchi: Bobir Qodirov

Komissar: Samandar Ibragimov

Gollar: Bexruz Bahodirov (84) -  Daniil Volnuxin (35, 36, 41)

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Ramazonov (57), Muhammadali Qudratov (77) – yo‘q.

 

MASh’AL – DINAMO – 3:3 (1:0)

Muborak. B.Vafoev nomli stadion kichik maydoni. 25 tomoshabin.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Daler Bozorov, Laziz Abduraupov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Bexruzbek Oblaqulov (11), Og‘abek Mamatov (46), Muzaffar Baqoev (74) –  Ismoil Farhodov (61), Elnur Saitmuratov (77-pen.), Akmal Kozimov (90+3)

Amalga oshirilmagan penalti: Samandarjon Zayniddinov (20, “Mash’al”)

Ogohlantirishlar: Asqar Qulmurodov (25) – Vohidjon Oqbo‘taev (44).

 

mib
cola
apex
bmb