Futzal. Oliy liga. Farg‘onadagi “Samo” sport majmuasida futzalning yangi mavsumiga start berildi

Farg‘ona shahrida yangi, zamonaviy tarzda qad rostlagan “Samo” sport majmuasida futzal bo‘yicha 25-marotaba tashkillashtirilayotgan mamlakat chempionatining oliy ligasiga start berildi. Ayni paytda oltita jamoa bahslarga kirishgan, navbati bilan qolganlari ham etib kelishadi. Birinchi kungi o‘yinlardanoq yirik natijalar qayd etildi. AGMK jamoasi  “Neftchi” darvozasiga javobsiz ettita to‘p kiritdi. Olmaliqliklar o‘tgan yilgi tarkibidan Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Anasxon Rahmatov, Husniddin Nishonov va Davron Chorievlarni “yo‘qotgan bo‘lsada”,  o‘yin texnika va taktikasida deyarli pasayish sezilmagan. Nomlari zikr etilgan bu futbolchilar ayni paytda Jizzaxning “Huaxin” jamoasi sharafini himoya qilishyapti. Jizzaxliklar tarkibiga shuningdek “Paxtakor”dan Farhod Abdumavlonov, “Maksam-Chirchiq”dan Elbek To‘lqinov, “Metallurg”dan Xushnur Erkinov kabi tajribali futbolchilar kelib qo‘shilishgan. Dastlkbi turdanoq natijani ko‘rib turibsiz – Qarshining “Nasaf” jamoasi 6:1 hisobida mag‘lub etildi. “Lokomotiv” esa  “Bunyodkor” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

 

Futzal. Oliy liga

Farg‘ona. “Samo” s.m.

1-tur. 9 oktyabr, shanba

 

AGMK – NEFTChI – 7:0 (2:0). 213 tomoshabin.

Gollar: Abdulla Solixov (13), Muzaffar Ahadjonov (19, 38, 39), Sunnatulla Jo‘raev (22, 37), Shaxzodjon Sa’diev (38)

Ogohlantirish: Muzaffar Ahadjonov (32) – yo‘q.

 

LOKOMOTIV – BUNYoDKOR – 4:1(2:1). 50 tomoshabin.

Gollar: Maksim Gulyaev (5), Dilmurod Shavkatov (30), Akbar Usmonov (36) – Xurshid Najimov (14-o‘z darv.), Umidjon Zayniddinov (19)

Ogohlantirish: Sevastyan Mojaev (15) – Aslbek Isroilov (5), Umidjon Zayniddinov (11), Jasur Sodiqov (40).

 

NASAF – HUAXIN – 1:6 (0:1)

Gollar: Mamasharif Xalimov (36) – Dilshod Rahmatov (20), Ilhomjon Hamroev (23), Husniddin Nishonov (25), Ixtiyor Ropiev (32), Otamurod Jumanov (34), Elbek To‘lqinov (35)

Ogohlantirishlar: Jasur Xalimov (28) -  Anasxon Rahmatov (32).

mib
cola
apex
bmb