U-18. “Xorazm” “Sho‘rtan” bilan ochko bo‘lishdi

18 yoshlilar chempionatida 18-tur doirasida bir uchrashuv o‘tkazildi. O‘z maydonida “Sho‘rtan”ni qabul qilgan “Qizilqum” birinchi bo‘limda imkoniyatni boy berayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdi, hatto oldinga chiqib ham olgandi. Biroq yakunda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborib, raqiblari bilan ochko bo‘lishdi. Shu tariqa mezbonlarning turnir jadvalidagi “xavfli hudud”ni tark etishidan “darak bo‘lmayapti”.

 

U-18 Chempionati.

18-tur uchrashuvi. 8 oktyabr, juma

 

XORAZM – ShO‘RTAN – 2:2 (0:1)

Navoiy. “Yoshlik” sport majmuasi.

Hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Jasur Tursunboev, Quvondiq Dushanov

Nazoratchi: Ilhom Yoqubov

Komissar: Sanjar Zaripov

Gollar: Arturbek Sa’dulloev (54), Azizbek Rahimov (73) –  Obidjon Ahmatov (39), Alizod To‘xtaev (80)

Ogohlantirish: Azizbek Rahimov (28) – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb