Birinchi liga. “G‘ijduvon” Pro ligaga juda yaqin keldi

Birinchi liganing 21-tur o‘yinlari boshlandi. Bugunga belgilangan yagona o‘yin G‘ijduvon shahrida tashkillashtirildi.  Maydon egalari “Bunyodkor-Farm” jamoasini qabul qilishdi. Uchrashuv taqdirini Song Longji va Islom Boysariev gollari hal etdi. Har ikkalasi ham raqiblar darvozasini ikki martadan ishg‘ol etishdi. Jamoaning afrikalik legioneri Longji ikkita goli bilan musobaqa to‘purarlari etakchilaridan biriga aylandi. Toshkentliklar vakili  Abbosbek Jumaqulov ham ikkita golga mualliflik qildi, faqat birini raqiblar darvozasiga, ikkinchisini esa o‘z darvozasiga kiritdi.  “G‘ijduvon” Pro ligaga juda yaqin keldi. Navbatdagi o‘yinda safarda “Neftgazmontaj” ustidan erishiladigan g‘alaba jamoaga Pro  liga yo‘llanmasini taqdim etadi. Balki g‘alaba onlari so‘nggi turgacha cho‘zilmas, buning uchun esa 10 noyabr kuni “Navbahor-Farm” o‘z maydonida aynan “Neftgazmontaj” bilan o‘yinida ochko yo‘qotishi talab etiladi. Aks holda barcha masalaga oydinlik faqat so‘nggi turda kiritiladi.

 

Birinchi liga. 21-tur.

8 oktyabr, juma

 

G‘IJDUVON – BUNYoDKOR-FARM – 6:3 (3)6)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Bunyod Turdiev

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Islom Boysariev, 3 (1:0), Islom Boysariev, 40 (2:0), Song Longji, 41 (3:0), Zafar Tursunov, 52 (3:1), Song Longji, 64 (4:1), Abbosbek Jumaqulov, 67 (4:2), Abbosbek Jumaqulov, 75-o‘z darv. (5:2), Maxsudjon Mahmudov, 86 (6:2), Sanjar Rixsiboev, 88 (6:3)

Amalga oshirilmagan penalti: Song Longji, 5 (“G‘ijduvon”)

Ogohlantirishlar: Shavkat Rahmatov, 77, Bekzod Fayziev, 87, Estevan Ospina, 90 – Maxdiy Abduraimov, 5, Shaxzod Akbaraliev, 7.

mib
cola
apex
bmb