O‘zbekiston U-14 chempionati nizomiga o‘zgartirish kiritildi

Musobaqada ishtirok etish uchun Aral samali jamoasi yetib kelmadi. Bu esa guruh bosqichi yakuniga ko‘ra eng yaxshi 3 ta 2-o‘rin egalarini aniqlab olishda noaniqlik keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, Nizomning 9-bandida ko‘zda tutilgan holat bo‘yicha 6.1-bandga qo‘shimcha kiritildi. 

Demak, guruhlarda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 3 ta 2-o‘rin egalarini aniqlashda barcha guruhlarda 4-o‘rinni egallagan jamoalar natijasi 0 ga tenglashtirib olinadi. Ya’ni, har bir guruhda dastlabki uch o‘rinni egalagan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari natijasidan kelib chiqib, eng yaxshi 2-o‘rin egalari saralab olinadi va ular guruh peshqadamlari bilan birga ¼ finalga yo‘llanma oladi.

mib
cola
apex
bmb