13-oktyabr kuni ayollar chempionatining II bosqichiga qur’a tashlanadi

12-oktyabr kuni ayollar Oliy ligasida 18-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va shu bilan musobaqaning I bosqichi o‘z yakuniga etadi.

Mazkur bosqichda 10 ta jamoa uy-safar tizimida o‘zaro ikki martadan to‘qnash keldi. Reglamentga ko‘ra, II bosqichda jamoalar turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, teng ikkiga bo‘linadi. Bunda 1-5 o‘rin egalari chempionlik uchun va 6-10 o‘rin egalari ligadan tushib ketadigan 1 ta jamoa nomini aniqlash uchun o‘zaro yana bir martadan maydonga tushadi. Shunda umumiy 23-tur o‘tadi va barcha jamoa 22 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

II bosqichga 13-oktyabr kuni soat 12:00 da qur’a tashlanadi va u onlayn efirga olib chiqiladi. Qur’a davomida jamoalar vakillari bevosita ishtirok etishi mumkin. Qur’ada berger tizimi ishlaydi. Ya’ni, oldindagi uchrashuvlarning qay biri safarda va qay biri uyda bo‘lishi masalasini qur’a aniqlab beradi.

mib
cola
apex
bmb