U-14. 14 yoshli o‘smirlar chempionati start oldi

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” va “Chig‘atoy” stadionlarida 14 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati o‘yinlari start oldi. Super va Pro ligalar qoshidagi futbol akademiya va maktablari tarbiyalanuvchilari to‘rttadan besh guruhga bo‘lingan holda to‘p surishyapti. Bular qatorida bolalar futboli rivojiga sezilarli hissa qo‘shayotgan “Odil Junior” jamoasi ham qo‘shilgan. Deyarli barcha jamoalar ustozlari turnir yuqori saviyada tashkillashtirilganligini ta’kidlashmoqda.O‘yinlarni tomosha qilish, iqtidorli yosh futbolchilarni “qarmoqqa ilintirish” maqsadida ancha-muncha mutaxassislar ham hozir bo‘lishdi. Qiziqarli, murosasiz o‘tgan uchrashuvlarda qator yirik hisoblar ham kuzatildi. Aytaylik, “Odil Junior” “Turon”ni 6:0, “Neftchi” viloyatdoshi “Qo‘qon-1912”ni, “Navbahor” “Mash’al”ni  5:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. “So‘g‘diyona” va “Surxon” (4:8) o‘yinida darvozalarga 12 ta to‘p kiritildi. Musobaqaga o‘z vaqtida etib kelmaganligi uchun “Aral Samali” jamoasiga texnik mag‘lubiyat, “Xorazm”ga esa texnik g‘alaba yozildi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan hamda guruhlarda eng yaxshi ikkinchi o‘rin egasi bo‘lgan uchta jamoa chorak finalga yo‘llanma oladi.

Navbatdagi ikkinchi tur o‘yinlari ertaga davom ettiriladi.

 

U-14. Chempionati

1-tur. 4 noyabr, dushanba

 

“A” guruhi. “Chig‘atoy” maydoni.

NASAF – ANDIJON - 1:0 (0:0)

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Shohruh Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Sunnatulla G‘ofurov (43)

Ogohlantirishlar: Husan Ko‘paysinov (70) – Yahyobek Yo‘ldoshev (29).

 

SURXON – SO‘G‘DIYoNA – 4:8 (2:4)

Hakamlar: Nikita Mustafin, Adhamjon Rixsiboev, Shohruh Maqsudov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Shohjahon O‘rinov (25, 37), Alibek Valiev (34), Alisher Mustafoev (70) – Ozodbek Sayfiev (1), Shodlik Qayumov (11, 42, 43), Farruh Normurodov (13), Sardor Asadullaev (18, 56), Umid Quvondiqov (59)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Farruh Normurodov (52).

 

“V” guruhi. “Chig‘atoy” maydoni.

ODIL JUNIOR -  TURON – 6:0 (4:0)

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Shohruh Maqsudov, Nikita mustafin

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Ulug‘bek Maratov (6, 14), Saddam Ahmadov (10), Akmal Axmatov (35), Xojiahmad Husanov (43), Og‘abek Eshmamatov (45)

Ogohlantirishlar: Abubakr Karimjonov (52) – yo‘q.

 

PAXTAKOR – LOKOMOTIV – 2:0 (0:0)

Hakamlar: Hasan Nabiev, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Feruz Olimov (56), Farruh Agaev (70)

Ogohlantirishlar: Ozodbek Sharipov (40) – Shaxzod Nafasov (15).

 

“S” guruhi. “Bunyodkor” akademiyasi

METALLURG – BUNYoDKOR – 1:2 (0:1)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Amir Galeev, Odil Urolov

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Samariddin Farhodov (47), Feruzxon Zokirov (54-o‘z darv.) –  Chingiz Bekturganov (12)

Ogohlantirishlar: Samariddin Farhodov (57) -  Azizbek To‘lqinboev (45), Mirakbar Mirg‘iyosov (46), Farruh Oripov (46).

 

XORAZM – ARAL SAMALI - +:-

 

“D” guruhi. “Bunyodkor” akademiyasi.

QIZILQUM – NURAFShON – 1:1 (0:0)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Ziyoviddin Erkinov, Daniil Yattsenko

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Bexruz Ismoilov (47) –  Kamronbek Abdullaev (52)

Ogohlantirish: Sardor Baxtiyorov (35) -  yo‘q.

 

QO‘QON-1912 – NEFTChI – 0:5 (0:2)

Hakamlar: Davron Akmalov, Ziyoviddin Erkinov, Daniil Yattsenko

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Mahmud Ma’rufov (2), Fazliddin Rahmatov (29, 49), Asad Muhammedjanov (54, 57)

Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.

 

“E” guruhi. “Bunyodkor” akademiyasi

MASh’AL – NAVBAHOR – 0:5 (0:2)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Saidaxror Saidahmadov, Odil Urolov

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Abdulaziz Musaev (9), Akbarxon Ibrohimxonov (31), Qutfiddin Shamsiddinov (41-pen.), Ma’murjon Zokirjonov (56), Abdulloh Jamolov (67)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

AGMK – DINAMO – 2:0 (0:0)

Hakamlar: Davron Akmalov, v, Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Javlon Nuriddinov (37), Sherroz Tovbaev (61)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

mib
cola
apex
bmb